Egey dengizida ichida 80 nafar muhojir bo‘lgan kema cho‘kib ketdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Gretsiyaning Rodos oroli janubiy qirg‘oqlari yaqinida, Egey dengizida ichida o‘nlab muhojirlar bo‘lgan kema cho‘kib ketdi. Hozirda 50 nafar muhojirni qidirish uchun yirik qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Bu haqda Gretsiya Sohil xavfsizlik xizmati xabar bergan.

Qayd etilishicha, kecha, 10 avgust kuni ertalab Sohil qo‘riqlash qo‘mitasining qo‘shma qidiruv va qutqaruv muvofiqlashtirish markaziga Rodosdan 38 mil janubda bortida o‘nlab odamlar bo‘lgan kema halokatga uchragani haqida xabar kelgan.

Hududga Sohil xavfsizlik xizmatining ikkita qutqaruv kateri, dengiz floti kemasi, uchta xususiy qayiq va Super Puma harbiy vertolyoti jo‘natilgan.

"Hozirgacha 29 kishi qutqarib olindi. Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, kema bortida 80 ga yaqin odam bo‘lgan", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, xalqaro suv zonalari va Gretsiya qidiruv-qutqaruv hududida keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing