Effect.uz saytining sobiq muxbiri 3 yilga qamaldi
3-sahifa
−
03 noyabr 2021
9633Bugun, 3 noyabr kuni, Qashqadaryo viloyat sudida Effect.uz internet-nashrining sobiq va amaldagi muxbirlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi xabar berdi.
Sud majlisida sudlanuvchilar E.Tojiboyev (1990 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Effect.uz internet-nashri muxbiri bo‘lib ishlagan, hozirda Taftish.uz internet-nashri muxbiri bo‘lib ishlaydi), A. Nurimbetov (1982 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, Effect.uz internet-nashri muxbiri bo‘lib ishlaydi), X. Ahmedov (1987 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, Effect.uz internet-nashri muxbiri bo‘lib ishlaydi) va G. Xudoyorova (1977 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, yakka tartibdagi tadbirkor)ga nisbatan hukm e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi N.Abdullayev raisligida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:
E. Tojiboyev Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a”, “g” bandlari, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb e’tirof etilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan oqlandi. E. Tojiboyev Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 236-moddasi (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ga asosan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.
A.Nurimbetov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlari, 140-moddasi 3-qismi “a” bandi va 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz deb e’tirof etilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlandi. A. Nurimbetov Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 236-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
X. Ahmedov Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb e’tirof etilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlandi. X. Axmedov Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 236-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
G. Xudoyorova Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb e’tirof etilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlandi. G. Xudoyarova Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Mazkur hukmdan norozi taraflar, hukm e’lon qilingan kundan, mahkumlar va jabrlanuvchi hukm nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran Qashqadaryo viloyat sudi orqali Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga yigirma sutka ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqliligi ma’lum qilinadi.
LiveBarchasi