“Effect uz” saytining 2 nafar jurnalisti qidiruvga berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar oyida “Effect.uz” saytida ushbu saytning xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisi xizmat xonasiga bostirib kirib, sud majlisida ishtirok etish va jarayonni tasvirga olishni talab qilishganligi haqida videoyozuv chiqarilgan. Videoyozuvda qayd etilgan holatga huquqiy baho berish maqsadida Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori nomiga taqdimnoma kiritilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Termiz tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 236 va 219-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan.

Tergov harakatlari jarayonida jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan “Effect.uz” axborot agentligining 2 nafar muxbiri va 1 nafar ayol ko‘plab marotaba tergov organiga rasman chaqirtirilgan bo‘lsa-da, noma’lum sabablarga ko‘ra kelishdan bo‘yin tovlagan.

Shunga ko‘ra, tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 236-moddalari bilan sirtdan ayb e’lon qilinib, sudning ajrimi bilan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi hamda 1 nafari (ayol) ga JKning 139 va 140-moddalari bilan sirtdan ayb e’lon qilinib, “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

O‘z navbatida, “Effect.uz” axborot agentligining yana 1 nafar muxbiri tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari jarayonlarida chaqirtirilgan vaqtda tergov organiga yetib kelgan va u bilan bog‘liq tergov harakatlari o‘tkazilgan, xuddi shuningdek, u doimiy ravishda o‘zining konstitutsiyaviy burchini bajarishi, chaqirilgan vaqtga tergov organiga yetib kelishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

587

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing