Edegor faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Arsenal” klubining norvegiyalik sardori Martin Edegor faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 24 yoshli futbolchiga PSJ jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. 2025 yilda amaldagi klubi bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchining transfer narxi 80 million yevroga deb baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, bu mavsumda Edegor “Arsenal” tarkibida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 15 ta gol va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Futbolchi 2021 yilning yanvarida Ispaniyadan Angliyaga ko‘chib o‘tgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Edegor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar