Moliya vazirligiga qator funksiyalar yuklatildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 fevral kuni “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi. Bundan tashqari, 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi (qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).

Shuningdek, 2021 yil yakuniga qadar "MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot" fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega kamida 3 ta mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari faoliyatini ta’minlaydi.

Qarorga ko‘ra, moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlar buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi va unga qator funksiyalar yuklatildi.

“2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar OTMlar magistraturasining "Buxgalteriya hisobi" va "Audit" mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing