Prezident aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 76 yoshga yetkazishni buyurdi

Jamiyat

image

O‘zbekison Respublikasi Oliy Majlisi va Senatining qo‘shma majlisi davom etmoqda. Prezident o‘z nutqida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 76 yoshgacha ko‘tarish vazifasini yangi Hukumat oldiga ko‘ndalang qo‘ydi. 

“Ijtimoiy sohadagi islohotlar ham Hukumat oldiga aniq vazifalarni qo‘ymoqda. Jumladan aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini 76 yoshga yetkazish. Hozir 74,6ni tashkil etmoqda. Go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichini bir yarim baravarga kamaytirish, saraton kasalligidagi o‘lim ko‘rsatkichini 65 foizga,  yurak qon-tomir kasalliklarida 30 foizga tushirish ustidan Sog‘liqni saqlash vaziri jiddiy bosh qotirib, ertaga sizlarga va’da berishi kerak.  

Nimaga desangiz saraton kasalligi juda ham yomon xastalik. Yurak qon-tomir kasalliklari bizda oshib boryapti. (Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga qarab) O‘rtoq Shodmonov, siz savol berishdan oldin, mana shu Prezident qo‘ygan masalalarga – biz sizga hamma asosini qilib berdik. Yo‘q pulimizni ham beryapmiz. O‘zi vaziyatimiz juda og‘ir, lekin men tushunaman hali juda ko‘p pul kerak. Lekin shu pulni ham to‘g‘ri ishlata olmayapmiz”. 

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatda o‘tgan yig‘ilishlarda tibbiyot sohasi mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan soha ekanini qayd etgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing