Niqoblar virusdan 100 foiz himoya qila olmaydi – ekspert

Jamiyat

image

Dunyo bo‘ylab pandemiya davom etayotganiga 8 oy to‘ldi. Ayni vaqtda deyarli barcha mamlakatlar fuqarolardan uch qoidaga ؘ– ozodalik, ijtimoiy masofa saqlash va eng asosiysi tibbiy niqob taqishni talab qilmoqda. Ko‘plab davlatlarda niqob taqmaganlik uchun jazo choralari belgilandi. Xo‘sh, tibbiy niqob bizni virusdan to‘liq himoya qiladimi? Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatovaning fikricha, niqoblar bizni virusdan 100 foiz himoya qila olmaydi. 

“Niqoblar infeksiya yuqishidan 100 foiz himoyalay olmaydi. Biroq, koronavirus infeksiyasi tashuvchisi niqobdan foydalanganida, uning virusni boshqa odamga yuqtirish ehtimoli bir necha martaga kamayadi. Shuning uchun niqoblar mabodo siz simptomsiz, koronavirus infeksiyasining tashuvchisi bo‘lsangiz hamda o‘zingiz bundan bexabar bo‘lsangiz, virusni boshqalarga yuqtirish ehtimolini keskin kamaytirish uchun kerak”, deydi Barno Abdusamatova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ba’zi davlatlarda niqob taqish butunlay bekor qilingani yo‘q.  Transportda, bozorlar, do‘konlar va boshqa jamoat joylarida niqob taqish talabi saqlanib qolgan. Faqatgina ko‘chada yurganda ijtimoiy masofa saqlagan holda nqobsiz yurish tavsiya etilgan. Har bir davlat kasallik profilaktikasiga qaratilgan o‘zining tartibini belgilaydi va amalga oshiradi. O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashmaguncha niqob taqish shart.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan kunlardan boshlab tibbiy niqoblarni taqish majburiy etib belgilangan. Bu esa virusni tarqalish zanjirining oldini oladi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing