“e-mail” kim tomonidan bloklanadi?
Texnologiya
−
10 Sentabr 2020
4363Elektron pochta servislari foydalanuvchi akkauntini bloklab qo‘yish huquqiga ega. Ular akkaunt “o‘g‘irlanganligi”dan shubha paydo bo‘lganda yoki davlat idoralari iltimosiga binoan shunday qiladi.
“Sabablariga qarab, blokdan chiqishning turli usullari mavjud”, deydi “Sinergiya” universiteti qoshidagi IT instituti direktori Stanislav Kosarev “Praym” agentligiga.
“Biz Mail.ru va “Yandeks”da pochta xabarlarini ishga tushirganimizda, foydalanuvchi shartnomasiga rozilik bildiramiz. Agar siz shartlarni diqqat bilan o‘qib chiqsangiz, unda pochta xizmatlari foydalanuvchi hisobini o‘chirish yoki bloklash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Shuningdek, pochta xizmatlari pochta qutilariga kirishni hech qanday sabab ko‘rsatmasdan va foydalanuvchilarga oldindan xabar bermasdan to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash huquqiga ega”, deydi Kosarev.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bloklab qo‘yish holati, ko‘pincha, pochta xizmati shubhali faoliyatni sezgani sabab sodir bo‘ladi. Masalan, yangi joydan kirishga urinish, parollarni taxmin qilish.
Ikkinchi keng tarqalgan sabab – bu shaxsiy pochta qutisidan ommaviy xabarlar jo‘natish. Agar murojaat qiluvchilar tomonidan juda ko‘p shikoyatlar bo‘lsa, unda siz ham spamga tushib qolasiz. Eng kam uchraydigan sabab, davlat idoralarining talabiga binoan blokka solib qo‘yish holati kuzatiladi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi