Ehtiyojmand oila farzandlari PDP University’da o‘qishi uchun qariyb 13 mlrd so‘m grant ajratildi

Biznes

image

Jamiyatda yoshlar ba’zan iqtidor va salohiyati bo‘la turib, ta’lim olishda turli to‘siqlarga duch keladi. Besh qo‘l barobar bo‘lmaganidek, moddiy imkoniyatlari yuqori bo‘lmagan ko‘plab oilalar mavjud. Ehtiyojmand oilalar farzandlarini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishda qiyin vaziyatlarga duch keladi. Oqibatda jamiyat ko‘plab kuchli bilimli yoshlarni yo‘qotishi mumkin. Biroq astoydil istagan va harakat qilishdan to‘xtamaydigan qat’iyatli inson har qanday vaziyatda o‘z maqsadlari tomon yo‘l topa oladi. Hayotning o‘zi unga yangi imkoniyatlar kalitini tutqazadi. 

PDP EcoSystem hamkorligida, o‘nta yirik kompaniyalar homiyligi ostida tashkil etilgan Unicorn loyihasi shunday imkoniyatni dasturlash sohasiga qiziqqan yoshlar uchun taqdim etdi. Ushbu loyiha IT sohasida bilim olishni istovchi iqtidorli yoshlarning o‘qishlari uchun homiylik qilishni ko‘zda tutadi. 

Grant sohibiga aylangan talabalar:

1.  IT sohasiga ixtisoslashtirilgan PDP universitetida grant asosida o‘qishadi. 

2. Toshkent shahrida 1 yil davomida bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi.

3. Uch mahal issiq ovqatlanish imkoniga ega bo‘lishadi.

Talabalar har qanday muammolardan ozod bo‘lgan holda butun diqqatini sifatli ta’lim olishga qaratishlari va natijada eng zamonaviy va daromadli kasb egasiga aylanib, nafaqat o‘zi, balki butun bir oilasini moddiy tomonlama to‘liq ta’minlay oluvchi shaxsga aylanishlari mumkin.

Quyidagi homiy kompaniyalar tomonidan 2024 yil uchun 12 mlrd 900 mln so‘m miqdorida grant ajratilgan:

  • “SIFCO INTERNATIONAL” MCHJ – savdo belgisi: SIFCO International, ALFARUQ, Mervan Development, DECLAS;
  • “MEGA-TECH SOLUTIONS” MCHJ – savdo belgisi: MEGAVAN;
  • “MURODLI SAVDO” MCHJ – savdo belgisi: Union Paper and Board; 
  • “M-TYRE DISTRIBUTION” MCHJ – savdo belgisi: BALLON BY MEGAVAN; G’ILDIRAK TAMIRLASH USTAXONASI;
  • “7-QURILISH TRESTI” MCHJ – savdo belgisi: 7-QURILISH TRESTI; 
  • “MEGA MOTORS” MCHJ - savdo belgisi: MEGAMOTORS; 
  • “GREEN TECHNOLOGIES COMPANY” MCHJ – savdo belgisi: KEDA SureMaker;
  • “ALEXOR LINE” MCHJ - savdo belgisi: Alexor Line.
  • "AUTOTEXXIZMAT" MCHJ – savdo belgisi: AUTOTEXXIZMAT.
  • "FUTURE AUTO WORK TRUCKS DISTRIBUTION" MCHJ – savdo belgisi: FUTURE AUTO WORK;

Ushbu pul mablag‘lari ko‘plab oilalar, ishtiyoqi baland bo‘lgan yoshlar uchun haqiqiy najot bo‘lishi mumkin.

Agar maqsadingiz yo‘lida olg‘a qadam tashlasangiz, hayot ham sizga imkoniyat eshiklarini ochadi.

Loyiha doirasida grantlarni qo‘lga kiritish tartibi quyidagicha:

  1. Hujjat (ariza) topshirish jarayoni. Bundan ishtirokchi maxsus saytda o‘zi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni kiritib, berilgan formalarni to‘ldirishi kerak bo‘ladi.
  2. Nomzod bilan intervyu. Bunda saytga o‘z ma’lumotlarini kiritgan talabgorlar bilan Zoom platformasi orqali yakka tartibga onlayn suhbat o‘tkaziladi.
  3. Maxsus o‘quv dasturi va imtihon. Ushbu bosqichda suhbatdan o‘tgan nomzodlar 2 oylik “Foundation” (dasturlash bo‘yicha fundamental bilimlar) kursini onlayn o‘qishlari va kurs so‘ngida imtihondan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
  4. Nomzodlar saralab olinib, PDP Academy “Foundation” kursida tahsil olishni boshlaydi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan 300 nafar ishtirokchi yuqorida ko‘rsatilgan grant va imkoniyatlar sohibiga aylanadi.

Unicorn 3.o grantiga ariza topshirish uchun: Havola

Moddiy qiyinchiliklar qanotlaringizdan ayirishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Sizdan esa kuchli xohish, qat’iyat va bilim talab etiladi, xolos. Shu kungacha grant sohibiga aylanib, hayotida yangi sahifalar ocha olgan muvaffaqiyatli yoshlar safiga qo‘shiling. Jamiyat va millat uchun kerakli kadrga, oilangizdagi muhitni mutlaqo o‘zgartirgan qahramonga aylanish imkoni sizda mavjud. Bundan unumli foydalana olish o‘z qo‘lingizda.

Batafsil ma’lumot uchun: Havolaga bosing  
Murojaat uchun: 78-777-77-47

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made