Dzyudo. O‘zbekistonning JCHdagi ikkinchi medali naqd bo‘ldi

Sport

image

Toshkent shahridagi “Humo” arenada bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatining bugungi kun bahslarida O‘zbekiston vakili Muzaffarbek To‘raboyev final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

-100 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan To‘raboyev yarim finalda niderlandiyalik Maykl Korrelni “ippon” bahosi bilan mag‘lub etdi. Yarim finalga qadar To‘raboyev AQSH vakili Neil Smit, gruziyalik nomdor polvon Varlam Liparteliani va kanadalik Shadi Elanasdan ustun kelgandi.

Muzaffarbek finalda mag‘lub bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston hisobiga kumush medali yozib qo‘yiladi. 10 oktyabr kungi bellashuvlarda Davlat Bobonov -90 kgda oltin medalni qo‘lga kiritgandi. 

Eslatib o‘tamiz, To‘raboyev o‘tgan yili Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatining jamoaviy bahslarida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing