Dzyudo. Nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilishi ma’lum

Sport

image

Joriy yilning 4-6 noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Bakuda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan sportchilar ishtirok etadi.

Turnirda o‘zbekistonlik dzyudochilar ham medallar uchun kurashga kirishishadi. Bahslar sportchilar uchun Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida muhim reyting ochkolari o‘ynalishi bilan ham ahamiyatlidir. O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi musobaqada 18 nafar dzyudochi bilan qatnashishini ma’lum qildi.

Tarkib:

-60 kg: Dilshod Baratov
-60 kg: Kemran Nurillayev
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-52 kg: Sita Qadamboyeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-57 kg: Nilufar Ermaganbetova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA poytaxti Abu-Dabida ham “Katta dubulg‘a” turniri bahslari bo‘lib o‘tgandi. O‘zbekiston vakillari Abu-Dabida bitta kumush va bronza medaliga ega chiqishgandi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing