Dushanbedan qo‘ng‘iroq. Rahmon Putin bilan dolzarb masalalarni muhokama qildi

Olam

image_2021-07-22_21-11-25

Tojikiston tomonining tashabbusi bilan bugun, 22 iyul kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.

Kreml Matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat, Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitiga va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) xavfsizlik kengashining sessiyasiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilingan.

Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmatiga ko‘ra, suhbat boshida Vladimir Putin Imomali Rahmonning singlisi vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Shundan so‘ng tomonlar tojik-rus strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari to‘plami bo‘yicha fikr almashgan.

“Ikki tomonlama asosda ham, ko‘p tomonlama hamkorlik formatida ham yuqori darajadagi rejalashtirilgan uchrashuvlar va aloqalar jadvalini kelishib olishga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Tojikistonga bo‘lajak rasmiy tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qildilar”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, ikki mamlakat Prezidentlari tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.

“Afg‘oniston muammosi ham ko‘rib chiqildi. Imomali Rahmon va Vladimir Putin ushbu mamlakatda vaziyatning keskin rivojlanishi to‘g‘risida xavotir bilan gaplashdi. Tomonlarning ushbu yo‘nalishdagi harakatlarini yanada muvofiqlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, deya qayd etilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing