Dushanbe va Vashington tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

Olam

image

Kecha, 27 sentyabr kuni Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar  S5+1 formatidagi platformaning mintaqa uchun ahamiyatini va tojik-qirg‘iz chegarasidagi mavjud vaziyatni muhokama qilgan. 

“Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar. Shuningdek, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) dasturlari doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan fikr almashildi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, muhim mintaqaviy va global muammolar yuzasidan fikr almashilgan.

“Uchrashuvda tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni muhokama qilib, zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga, jumladan, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar”, deyiladi TIV xabarida.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida mojaro

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaradagi vaziyat 14 sentyabr kuni Botken viloyatidagi uchta uchastkada chegarachilar o‘rtasida otishma boshlanganidan keyin keskinlashdi. Tomonlar bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib olganiga qaramay, kelishuvlar har safar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Qirg‘iziston rasmiylari Tojikistonni chegaraga og‘ir harbiy texnikani tortib kelishda va Qirg‘iziston hududini o‘qqa tutishda “barcha mavjud arsenaldan” foydalanganlikda aybladi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘qnashuv zonasidan 136 ming kishi evakuatsiya qilingani, Botken viloyatida favqulodda holat rejimi joriy etilganini haqida ma’lum qildi. 

Ayni paytda Tojikiston qirg‘iz kuchlarini Tojikiston chegarasidagi qator aholi punktlarini “og‘ir qurollardan” o‘qqa tutishda aybladi. Hozirda ikki davlat o‘t ochishni to‘xtatish va qo‘shinlarni chegara hududidan olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga amal qilmoqda. To‘qnashuvlarni yakunlash uchun Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari rahbarlari protokol imzoladi. Hujjat uchta bandni o‘z ichiga olgan.

Ikki davlat chegarasida 70 ga yaqin bahsli uchastkada belgi qo‘yilmagani sababli muntazam ravishda mojarolar chiqib turadi. Umuman olganda, 2022 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, mamlakat chegaralarining 972 kilometridan 600 kilometrga yaqini kelishilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing