Nolegal: O‘zbekiston IIV Qozog‘istonga borib, o‘zbeklarni “yig‘ishtirib” keldi
Jamiyat
−
26 noyabr 2019
11479O‘zbekiston Respublikasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirliklari tomonidan Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkent shaharlarida “Nelegal” nomli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
18-22 noyabr kunlari o‘tgan ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi va Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi xodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchihonasi konsullik vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkent shaharlaridagi politsiya Departamentlari hamda Migratsiya xizmatlarini ko‘rsatish markazlarida bo‘lib, migratsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida tajriba almashilgan.
Mazkur shaharlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan 3 nafar halqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarni yashirinib yurgan manzillari aniqlanib, qo‘lgan olindi.
Migratsiya qonunchiligini buzgan 6 nafar (1 nafar Qozog‘iston Respublikasi Davlat chegarasini qasddan noqonuniy kesib o‘tish, 1 nafar noqonuniy migratsiyani tashkil etish, 4 nafar sud hukmi, sud qarori yoki boshqa sud hujjati yoki ijro varaqasi ijro etilmasligi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinoiy jazoga tortilgan bo‘lib, chet el fuqarolarini ishchi kuchidan foydalanish qoidalarini buzgan 56 nafar Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari (ish beruvchi)ga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, 186 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Qozog‘iston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun majburiy tartibda davlatdan chiqib ketish bo‘yicha sud tomonidan ajrim chiqarilgan hamda 427 nafar shaxsning Qozog‘iston Respublikasida bo‘lish muddati qisqartirilgan.
Tadbirlar davomida aniqlangan 2.088 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan, mazkur davlatda bo‘lish tartib qoidalarini buzmaslik yuzasidan va qonunchilikka amal qilishi bo‘yicha alohida profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Nur-Sulton, Olma-ota va Chimkent shaharlarida joylashgan xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan jami 218 nafar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan o‘zbekistonliklar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ular orasidan yordamga muhtoj bo‘lganlarga vatanga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilgan.
Qozog‘iston Respublikasi IIV bilan ikki davlat o‘rtasidagi “readmissiya” haqidagi kelishuviga asosan, xorijiy fuqarolarni vaqtincha ushlab turish markazlarida saqlanayotgan va majburiy mehnat ekspluatatsiyasiga tushib qolgan hamda turli sabablarga ko‘ra vatanga qaytib kelaolmayotgan 83 nafar (23 nafari qaytarildi) o‘zbekistonliklarga nisbatan hech qanday qonuniy choralar ko‘rilmasdan, Qozog‘iston Respublikasi hududidan chiqarib yuborishga kelishilgan.
Hozirgi kunda, Qozog‘iston Respublikasi hududida ikki davlat IIVlari va “Sana-Sezim” jamoatchilik fondi ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida, 23 nafar qiyin ahvolga tushib, ayrimlari esa majburiy mehnat ekspluatatsiyasiga tushib qolgan hamda 10-15 yil davomida vatanga qaytib kelolmayotgan fuqarolarga, Qozog‘istondagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi orqali ularning barchasiga “Vatanga qaytish guvohnomasi” konsullik to‘lovlardan ozod etilgan holda rasmiylashtirilib, Tashqi mehnat migratsiya agentligi ko‘magida “Olma-ota – Toshkent” aviareysi bilan (aviachipta olib berilib) olib kelinishiga erishilgan.
Mazkur fuqarolarga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi binosida tibbiy (rentgen tekshiruv, qon analizlari tekshiruvi, turli yuqumli kasalliklarga tekshiruv), psixologik va yuridik yordamlar ko‘rsatilib, yashash manzillariga yetib olishlari uchun eng kam ish xaqqining bir barovari miqdorida pul mablag‘lari ajratilgan.
LiveBarchasi