Durov Rossiyaning navbatdagi taqiqini qoralab, O‘zbekistonni namuna qilib ko‘rsatdi

Olam

image

Rossiyada kriptovalyutalarning taqiqlanishi IT-mutaxassislarining mamlakatdan chiqib ketishiga olib keladi va yuqori texnologiyali iqtisodiyot tarmoqlarini yo‘q qiladi. Bu haqda Telegram ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov aytib o‘tdi

Durovning ta’kidlashicha, Rossiya Markaziy bankining mamlakatda kriptovalyutalarni taqiqlash taklifi umuman blokcheyn texnologiyalari rivojlanishini sekinlashtiradi.

“Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki kriptovalyutalarni butunlay taqiqlashni tavsiya etib, chaqaloqni suvga uloqtirishni taklif qilmoqda. Bunday taqiq noqonuniy o‘yinchilarni to‘xtatib qo‘ya olishi dargumon, biroq bu sohadagi qonuniy loyihalarga chek qo‘yadi”, deydi Durov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya blokcheyn sanoatida yuqori malakali mutaxassislar soni bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi, shuningdek u yangi iqtisodiyotning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanishi mumkin.

Pavel Durov “texnologik va iqtisodiy taraqqiyotdan chetda qolib ketmaslik” uchun blokcheyn sohasida ilg‘or qonunlar qabul qilayotgan Ukraina va O‘zbekiston kabi qo‘shni davlatlar tajribasini misol tariqasida keltirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1742

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing