Dunyoning yashash uchun eng qulay 10 ta shahri ma’lum bo‘ldi
Bu qiziq
−
01 iyul 7613 1 daqiqa
Britaniyaning “Monocle” jurnali 2026 yil yakunlariga ko‘ra dunyoning yashash uchun eng qulay bo‘lgan shaharlari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda Tokio, Kopengagen va Lissabon yetakchilik qilmoqda.
Qayd etilishicha, Top o‘nlikka, shuningdek, Vena, Sidney, Syurix, Madrid, Parij, Myunxen va Oslo shaharlari ham kirgan.
Eng yaxshi 10 talik shaharlar ro‘yxati to‘liq quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Tokio (Yaponiya);
- Kopengagen (Daniya);
- Lissabon (Portugaliya);
- Vena (Avstriya);
- Sidney (Avstraliya);
- Syurix (Shveysariya);
- Madrid (Ispaniya);
- Parij (Fransiya);
- Myunxen (Germaniya);
- Oslo (Norvegiya).
Reytingning eng oxirgi, 20-o‘rinini bir yo‘la ikkita shahar: Yaponiyadagi Kioto va Avstraliyaning Pert shaharlari bo‘lishib olgan.
Ro‘yxatni tuzishda ekspertlar infratuzilma rivojlanishi, yashil hududlar miqdori, xavfsizlik darajasi, siyosiy barqarorlik, shuningdek, restoranlar sifati va xarid qilish imkoniyatlarini baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi davlatlar reytingi e’lon qilingan edi. Unda 82 ta davlat 34 ta ko‘rsatkich, jumladan, yashash qiymati, daromad darajasi, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik, ta’lim va umumiy hayot sifati bo‘yicha baholangan.
Live
Barchasi