Dunyoning eng yirik o‘rmonida “daraxtlar qirg‘ini” rekord darajaga yetdi

Olam

image

2020 yilning avgust oyidan joriy yilning iyul oyigacha bo‘lgan davrda Braziliyaning va dunyoning eng yirik tropik o‘rmoni Amazonda 13,235 kvadrat kilometr o‘rmon kesildi. Bu haqda “Anadolu Agency” xabar berdi.

Braziliya kosmik tadqiqotlar agentligi (INPE) hisobotiga ko‘ra, o‘rmonlarning kesilishi yil davomida 22 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, 2019 yilning avgustidan 2020 yilning iyuliga qadar 10 851kvadrat kilometr o‘rmon kesilgan. 2006 yilda esa ushbu ko‘rsatkich 14 286 kvadrat kilometrni tashkil qilgan.

Aytish joizki, Braziliya 2024 yilgacha o‘rmonlarni noqonuniy kesishni 15 foizga, 2025 va 2026 yillarda 40 foizga va 2027 yilda 50 foizga qisqartirish rejasini e’lon qilgan.

Lotin Amerikasi davlati 2028 yilga borib esa o‘rmonlarni noqonuniy kesishni nolga tushirishni maqsad qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing