Dunyoning eng yirik aviakompaniyasi Rossiya titanidan voz kechadi

Texnologiya

image

Yo‘lovchi, harbiy va yuk samolyotlari ishlab chiqaruvchi “Airbus” kompaniyasi bir necha oy ichida Rossiya titanidan foydalanishni butunlay to‘xtatmoqchi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

Kompaniya bosh direktori Mixael Shollxorn so‘zlariga ko‘ra, “Airbus” Rossiyaning titanidan voz kechish yo‘lidan bormoqda.

“Biz titan ta’minoti masalasida Rossiyadan ajralib chiqish jarayonidamiz. Bu masala yillar emas, oylar davom etadi. Hozirda “Airbus” hali ham rus titanining ma’lum foizini sotib oladi, ammo biz aniq mustaqillik yo‘lidamiz”, degan u. 

Shollxornning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya harbiy samolyotlar ishlab chiqarishda Rossiyada ishlab chiqarilgan titandan foydalanishni allaqachon butunlay yo‘qqa chiqargan. Biroq “Airbus” yo‘lovchi samolyotini ishlab chiqarishda Rossiya xomashyosidan voz kechishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, konsern AQSH va Yaponiyada titan sotib olishni oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Airbus”

Baholaganlar

330

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar