Dunyoning eng keksa toshbaqasi 190 yoshini nishonladi

Bu qiziq

image

Jonaton laqabini olgan dunyodagi eng keksa toshbaqa 190 yoshni qarshi oldi. Shuningdek, Jonatanga sovg‘a sifatida sabzi, bodring, olma va noklardan tayyorlangan "tug‘ilgan kun torti" hadiya qilingan. Bu haqida “Alarabiya” nashri xabar bermoqda.

Toshbaqa 1832 yili Hind okeanida joylashgan Seyshel orollari Respublikasida tug‘ilgan bo‘lib, 50 yildan keyin Buyuk Britaniyaga olib kelingan. Jahon urushlari, Britaniya imperiyasining yuksalishi va qulashi, bir qancha qirollar va qirolichalar, katta tarixning tirik guvohi bo‘lgan toshbaqa bugungi kunda Avliyo Yelena Gubernatorning rasmiy qarorgohida yashamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, keksa toshbaqa joriy yili Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa quruqlikdagi hayvon sifatida kiritilgan edi. U Napoleon o‘lganidan ko‘p o‘tmay tug‘ilgan va hozirda rasman sayyoradagi eng qadimgi quruqlik hayvonidir.

Bugungi kunda Jonatanning asosiy “enaga”si nafaqadagi veterinar Jo Hollins bo‘lib, u toshbaqa bilan birga kunlik mashg‘ulotlarni bajarib bormoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing