Dunyoning eng keksa odami yana bir yoshga ulg‘aydi

Bu qiziq

image

Dunyoning eng keksa odami – yaponiyalik Kane Tanaka kecha, 2 yanvar kuni 119 ga to‘ldi. Bu haqda, uning nabirasi Junko Tanaka o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan. 

“Ajoyib yutuq. Kane Tanaka 119 ga kirdi” deya tvit qoldirgan Junko buvisining suratini o‘z sahifasiga joylab. 

Junko Tanaka buvisining hayotini muntazam yoritib borish maqsadida 2020 yil yanvar oyida Twitter’da akkaunt ochgan. 

1903 yilda tug‘ilgan Tanaka xonim 19 yoshida guruch do‘koni egasiga turmushga chiqqan va u yerda 103 yoshiga qadar ishlab kelgan. Tanaka umri davomida jahonning ko‘plab olamshumul voqealariga guvoh bo‘lgan. Ikkita jahon urushini boshidan kechirgan, Ispan grippidan omon qolgan. U yashayotgandan beri 49 ta yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. 

“Men uning o‘tmish haqida ko‘p gapirganini eslay olmayman. U ko‘proq kelajak haqida qayg‘uradi, yashayotgan zamonidan zavqlanadi va oldinga qarab intiladi”, deydi uning nabirasi. 

Dunyo Ginness rekordlar kitobi 2019 yilda Kane Tanakani dunyoning eng keksa odami sifatida tan olgan.  

2021 yil sentabr oyida 112 yoshli ispaniyalik Saturnino de la Fuyente Garsia esa dunyodagi eng keksa erkak sifatida rekodlar kitobidan o‘rin olgan. 1909 yilda tug‘ilgan Saturnino ispan fuqarolar urushi davrida poyabzal tozalovchi sifatida ishlagan. 

Unga ko‘ra, uzoq umr ko‘rishning siri “Sokin hayot kechirish va birovning dilini og‘ritmaslikdan iborat”.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

395

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing