Dunyoning eng qimmat shaharlari reytingi tuzildi. Unda Toshkent ham bor
Olam
−
01 dekabr 2021
19169“Economist Intelligence Unit” dunyoning eng qimmat shaharlari reytingini e’lon qildi. Birinchilik Isroil poytaxti Tel-Aviv shahriga nasib qildi. Umumiy hisobda reytingda 173 ta shahar joy olgan. Bu haqda “The Guardian” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Isroil poytaxti milliy valyuta inflyatsiyasi hamda buning natijasida transport, oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy texnika narxi oshishi tufayli birdaniga besh pog‘ona yuqorilagan.
Nashrga ko‘ra, Tel-Aviv shahri so‘nggi 12 oy ichida besh pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, o‘tgan yilgi yetakchilar – Parij, Gonkong va Syurixdan (Shveysariya) birinchilikni tortib olgan.
Reytingda Parij va Singapur ikkinchi, Syurix va Gonkong esa kuchli beshlikdan joy oldi. Nyu-Yorkka oltinchi, Jenevaga yettinchi o‘rin nasib qildi. Kopengagen, Los-Anjeles va Osaka esa Top-10 talikka yakun yasadi.
Dunyoning yashash uchun eng arzon shahri sifatida Damashq (Suriya) va Tripoli (Liviya) shahri topildi. O‘zbekiston poytaxti Toshkent esa ikkinchi o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi