Dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Fransiya  terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappe dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda SIES'ning (“Xalqaro sport tadqiqotlari markazi”) izlanishlaridan so‘ng ma’lum bo‘lgan.

SIES Kilian Mbappening narxini 205,6 million yevroga baholangan. 23 yoshli futbolchidan keyingi o‘rinni “Real Madrid” vingeri Vinisius Junior egalladi. Kuchli uchlikka “Manchester Siti” futbolchisi Erling Xoland yakun yasab bergan.

SIES talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchilari 10 taligi bilan tanishing:

1. Kilian Mbappe (PSJ) – 205,6 (mln yevro);

2. Vinisius Junior (“Real”) – 185,3;

3. Erling Xoland (“Manchester Siti”) – 152,6;

4. Pedri (“Barselona”) – 135,1;

5. Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”) – 133,7;

6. Fil Foden (“Manchester Siti”) – 124;

7. Frenki de Yong (“Barselona”) – 112,5;

8. Luis Dias (“Liverpul”) – 110;

9. Ruben Diash (“Manchester Siti”) – 109,6;

10. Ferran Torres (“Barselona”) – 109,5.

Avvalroq, “Oltin to‘p” ga asosiy nomzod futbolchilarning reytingi ma’lum qilingan edi.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

548

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing