Dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingi ma’lum qilindi

Sport

image

Londonda joylashgan brendni baholash bo‘yicha konsalting kompaniyasi Brand Finance an’anaviy ravishda dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini e’lon qildi. 

Reytingga ko‘ra, bu yil Angliya Premer ligasi chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgan hamda Yevropa Chempionlar ligasi finaliga chiqqan “Manchester Siti” klubi dunyoda eng qimmati deb topilgan. Bu bilan “shaharliklar” ispan klubi “Real Madrid”ning mazkur ro‘yxatdagi to‘rt yillik ustunligiga chek qo‘ygan. Tarkibida Erling Holand, Kevin De Bryuyne, Fil Foden kabi yulduzlarni jamlagan klub brendi qiymati bu yil 13 foizga oshib, 1,56 milliard dollarga yetgan. 

Ro‘yxatning keyingi pog‘onasini band qilgan “qirollik klubi” esa brend qiymatining 2022 yilga nisbatan 4 foizga pasayishi ortidan ayni paytda 1,51 milliard dollarga baholanmoqda. “Real Madrid” bu yil Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalida aynan “Manchester Siti”ga yutqazib, musobaqani tark etgandi. 

Madrid klubining azaliy raqibi “Barselona” esa “Footaball 50 2023” reytingida undan keyingi o‘rinda qayd etilgan. Ko‘k-anorranglilar ning brend qiymati o‘tgan yilga nisbatan biroz pastlab, 1,42 milliard yevroga tushgan. 

Shuningdek, ro‘yxatning keyingi pog‘onalaridan mos ravishda Angliyaning “Manchester Yunayted” (1,412 milliard dollar), “Liverpul” (1,411 milliard dollar), Fransiyaning “PSJ” (1,174 milliard dollar), Germaniyaning “Bavariya” (1,140 milliard dollar), shuningdek, Angliyaning yana uch jamoasi: “Arsenal” (940 million dollar), “Tottenxem” (931 million dollar) va “Chelsi” (893 million dollar) o‘rin egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Forbes” “Barselona”ni dunyoning eng qimmat klubi deb topgandi.


Maqola muallifi

Teglar

eng qimmat futbol klublar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar