Dunyoning eng chuqur g‘ori O‘zbekistondami?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi g‘orlardan biri dunyoning eng chuqur g‘orlaridan bittasi sifatida e’tirof etilishi mumkin. Bu haqda. Ural speleologlar uyushmasining Rossiya geogafik jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi ostidagi Surxondaryo viloyati Cho‘li Bair tog‘li massividagi speleologik ekspeditsiyasi sensatsion natija bilan yakunlandi. V.Loginov rahbarligi ostidagi A.Vishnevskiy nomidagi g‘orda (CHB-15) o‘tgan 20 kunlik ekspeditsiya davomida “-1 ming 284 metr”lik chuqurlikka erishilgan.

G‘orning uzunligi 15 kilometrni tashkil qilgan. Cho‘li Bairdagi ushbu g‘or suv bosgan galereyadan boshlanib, 20 metrlik quduq bilan tugaydi. Topografik s’emka shuni ko‘rsatdiki, g‘or bugungi kunda O‘zbekistondagi va umuman Markaziy Osiyodagi eng chuqur g‘or hisoblangan, 1415 metr amplitudaga yetgan Boy-Buloqqa juda yaqin keldi. Bu ikki g‘orning birlashuvi fenomenal chuqurlik – 2 kilometrdan ortiqni qayd etadi va bu uni A.Verevkin (2 ming 212metr) hamda Kruber (2ming 197metr ) g‘orlaridan keyin dunyoning uchinchi eng chuqur g‘origa aylantiradi. Nazariy jihatdan massivning salohiyati yuqorida yangi g‘orlarning aniqlanishi hamda ularning bir ulkan tizimga aylanishi hisobiga chuqurligi jihatidan jahon rekordini o‘rnatish imkonini yaratadi.

G‘orlardagi tadqiqotlar 2020 yilda davom ettiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing