Dunyoning eng boy odami o‘zgardi
Olam
−
25 may 2021
22544Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) guruhi prezidenti Bernar Arno “Forbes Real-Time”dagi milliarderlar ro‘yxatining yetakchisiga aylandi. Bu haqda nashr saytidagi xabarda aytilgan.
“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, Arnoning boyligi kuniga 710 million dollarga ko‘paygan holda 186,3 milliard dollarni tashkil etgan, Amazon asoschisi Jeff Bezos 186 milliard dollar boyligi bilan ikkinchi o‘ringa tushib ketgan.
Ro‘yxatda uchinchi o‘rinni Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask egallagan, uning boyligi 147,3 milliard dollarni tashkil qiladi.
To‘rtinchi o‘rinni 125,5 milliard dollarlik boylik bilan Microsoft asoschisi Bill Geyts egallagan, beshinchi o‘rin 114,7 milliard dollarga ega Facebook asoschisi Mark Sukerbergga nasib etgan.
LiveBarchasi