Dunyoning eng boy ayoli kim ekani ma’lum bo‘ldi

Biznes

image

Dunyoning eng boy ayoli "Amazon" korporatsiyasi bosh direktori Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott ekani ma’lum bo‘ldi. Uning boyligi 68 milliard dollarga yetdi. Bu haqda “Bloomberg” yozmoqda. Skottdan keyingi o‘rinda "L'Oreal" kompaniyasiga egalik qiluvchi Fransuaza Bettankur-Mayers bormoqda. Uning boyligi 66,8 milliard dollarga baholanmoqda.

Dunyodagi eng boy ayollarning umumiy reytingida Bezosning sobiq rafiqasi 12-o‘rinni, Bettankur-Mayers esa 13-o‘rinni egallab turibdi.

Jeff Bezos va Makkenzi Skott 2019 yilda ajrashishgan.Ta’kidlanishicha, Makkenzi "Amazon"ning 38 milliard dollarlik to‘rt foiz ulushini olgan. 

Ma’lumot uchun, avgust oyi oxirida “Forbes” jurnali “Amazon” korporatsiyasi rahbari Jeff Bezosning boyligi 199,7 milliard dollarga yetganini ma’lum qilgandi. 

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

484

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing