Dunyoni yig‘latgan raqamlar: qayerda bolalar hayotiga befarq qoldik?

Bu qiziq

image

Dunyoning har qaysi mamlakati o‘zining bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab olgan. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash, bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlar har bir davlatning ustuvor vazifasi hisoblanadi.

Lekin Xalqaro tashkilotlar Konvensiyalarida, qolaversa, mamlakatlarning milliy qonunchiligida bolaning hayoti uning haq-huquqlari himoyalanishi kabi yo‘nalishlar har bir davlatning ustuvor vazifasi deb, bong urishiga qaraymay dunyoda saraton kasalligiga chalinayotgan, avtotransport hodisasida vafot etayotgan, urush va ocharchilikdan qurbon bo‘layotgan bolalar soni kun sayin ko‘payib borayotganligi ajablanarlidir. 

Saratonga chalingan bolalar

Darhaqiqat, dunyoda har yili tug‘ilishdan to 19 yoshgacha bo‘lgan 400 mingga yaqin bolalar va o‘spirinlarda saraton kasalligi aniqlanadi. Xalqaro statistikaga nazar soladigan bo‘lsak, keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatiladigan va tibbiyot rivojlangan, yuqori daromadli mamlakatlarda saraton kasalligiga chalingan bolalarning 80 foizdan ortig‘i ushbu xastalikdan davolanadi. Lekin, dunyoning aksariyat kam va o‘rta daromadli mamlakatlarida yashash darajasining pastligi, yetarli tibbiy anjomlarning yo‘qligi, malakali shifokorlar yetishmasligi, tashxis qo‘yishning kechikishi, saratonning rivojlangan bosqichiga chiqishi, aniq tashxisni ololmaslik, kimyoviy terapiyaning mavjud emasligi, aholida moddiy qiyinchilik mavjudligi sabab davolanishni to‘xtatishi, saraton kasalligini oldini olish mumkin bo‘lgan relapslar mavjud emasligi natijasida saratonga chalingan bolalarning 65-85 foizi ushbu kasallikdan vafot etgayotgani achinarlidir.

Yo‘llarda qurbon bo‘lgan bolalar

Xalqaro hisobotlarda aytilishicha, dunyodagi barcha mamlakatlarning 80 foizida sotilgan ba’zi transport vositalari asosiy xavfsizlik standartlariga javob bermasligi oqibatida har yili 1,27 million odam vafot etadi. Shundan 186 300 nafari bolalardir, kunlik hisobda esa 500 ga yaqin bola yo‘l-transport hodisalari natijasida dunyodan bevaqt ko‘z yumadi. O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilning birinchi choragida 803 ta avtohalokat yuz bergan bo‘lib, unda 265 nafar odam vafot etgan. Qurbonlarning 103 nafari bolalar.

Ochlikdan vafot etgan bolalar

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining hisobotiga ko‘ra, yiligi o‘rta hisobda 12 millionga yaqin bolalar ochlikdan yoki to‘yib ovqatlanmagani uchun vafot etmoqda. Dunyo ekspertlarining taxmin qilishicha o‘tgan yil dunyoda pandemiya sabab kelgusida ochlikdan vafot etuvchilar soni keskin ortishi mumkin.

Urush qurboni bo‘lgan bolalar

BMTning Bolalar jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10 yillik qurolli to‘qnashuvlar natijasida birgina Suriyada 12 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan yoki jarohat olgan, bugungi kunda voyaga yetmaganlarning 90 foizi gumanitar yordamga muhtoj, bu esa 2019 yilga nisbatan 20 foizga ko‘pdir.

Yuqorida keltirilgan raqamlar qanchalik qo‘rqinchli bo‘lmasin ayni haqiqat.

Shoxrux Olimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing