Dunyoga yangi “Buyuk depressiya” xavf solmoqdami?

Olam

image

Amerikalik futurolog Piter Shvars dunyo koronavirus bilan eng yomon holatlarda yangi “Buyuk depressiya”ga tushishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda “Mirror” xabar bermoqda.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, yangi infeksiyaga qarshi vaksinani topish juda muhim, aks holda, butun umr "pandemiya dunyosida" yashashga to‘g‘ri keladi. "Va bu iqtisodiy tushkunlik va doimiy pandemiya ssenariysiga aylanadi hamda bu holatda COVID yangi norma hisoblanadi", dedi Shvars.

Futurologning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda dunyo to‘rtta "kaskadli inqiroz"dan aziyat chekmoqda - sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va yetakchilik.

“Bizda iqtisodiy inqiroz, savdo urushi boshlandi. Bunga Black Lives Matter (Qoralar hayoti muhim) harakati tomonidan yaratilgan ijtimoiy inqiroz ham qo‘shildi. Va nihoyat, ba’zi mamlakatlarda yetakchilik inqirozi paydo bo‘ldi”, dedi ekspert koronavirus pandemiyasi tufayli “Buyuk depressiya” ssenariysi saqlanib qolishini ta’riflar ekan.

Joriy yilning iyun oyida Jahon banki iqtisodiyotlarning kelajagini bashorat qildi. Uning fikriga ko‘ra, eng rivojlangan davlatlar katta yo‘qotishlarga duch keladi va ularning yalpi ichki mahsulotdagi pasayishi yetti foizga yetadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun zarar kamroq bo‘ladi – ularning iqtisodiyoti 2,5 foizga kamayadi. Shuningdek, retsessiya so‘nggi 60 yil ichida rivojlanayotgan davlatlar uchun birinchi keng qamrovli voqea bo‘lishi ta’kidlandi. Inqirozning o‘zi 1929 yilda AQSHda boshlangan “Buyuk depressiya”dan keyingi eng chuqurrog‘i bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk depressiya

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar