Dunyoga mashhur H&M kompaniyasi Myanmadagi faoliyatini to‘xtatadi

Olam 2281
image
-

Shvetsiyaning dunyodagi ikkinchi yirik kiyim sotuvchi bo‘lgan H&M kompaniyasi

Myanmada yuz bergan harbiy to‘ntarish va bir yilga favqulodda holat e’lon qilingani sababli mamlakatning tikuvchilik fabrikalari buyurtmalarini muzlatib qo‘yishini e’lon qildi. Bu haqda "PROfashion"ga asoslanib xabar berilgan.

Kompaniya vakillari namoyishchilarga qarshi kuch ishlatish faktlaridan hayratda qolganliklarini aytishgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftada Myanmada harbiy to‘ntarishga qarshi namoyish hamda ish tashlashlarni bostirish uchun politsiya va harbiylar 50 dan ortiq odamni o‘ldirgan.

"Hozirda yetkazib beruvchilarimizga yangi buyurtmalarni joylashtirishni to‘xtatdik", degan H&M'ning Myanmadagi mintaqaviy menejeri Serkan Tanki.

Xabarlarga ko‘ra, shu hafta boshida Myanmada boshi o‘qqa tutilishi natijasida ikki namoyishchi o‘ldirilgan, asosiy shahar Yangonda do‘konlar, fabrikalar va banklar yopilgan.

Ta’kidlanishicha, H&M BMTning agentliklari, diplomatik vakillar, inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislar va boshqa transmilliy kompaniyalar bilan optimal yechim topish va o‘z faoliyatini mamlakatda davom ettirish maqsadida dialoglar olib boradi.

Myanma to‘qimachilik assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 600 ga yaqin fabrikalar yirik ish beruvchilardir, ularda 450 ming nafar ishchi faoliyat olib boradi.

Ayni paytda mamlakatdagi deyarli barcha infratuzilmalar faoliyati umummilliy ish tashlash va norozilik namoyishlariga duch kelmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 1 fevral kuni Myanmada harbiy to‘ntarish yuz berdi. Mamlakat Prezidenti Vin Min va hukmron partiya rahbari harbiylar tomonidan hibsga olindi. Shundan so‘ng butun hokimiyat Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aun Xlain qo‘liga o‘tdi.

Bundan norozi bo‘lgan tibbiyot va davlat xodimlari 2 fevral kuni qo‘chaga chiqdi. Shundan buyon mamlakatda siyosiy muvozanat izdan chiqib, namoyishlar davom etmoqda.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 36
Reyting: 3
t
×