Dunyoga mashhur dermotovenerolog va tibbiy kosmetologlar Toshkentda!

Biznes

image

Joriy yilning 6-7 sentyabr kunlari poytaxt Toshkentdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasi o‘z bag‘riga yetakchi olimlarni jamlaydi. 

6-7 sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Dermotovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb muammolari” nomli xalqaro ilmiy amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Xalqaro anjumanda jahonga mashxur professorlar, yetakchi mutaxassislar ishtirok yetib, sohadagi so‘nggi yangiliklar, yutuq va kamchiliklarni muhokama qilishadi. 

Har yili an’anaviy o‘tkaziladigan ushbu anjuman o‘z oldiga katta maqsadlarni ham qo‘yadi. Sababi ushbu anjuman yosh olimlarni yanada ruhlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi. Dermotologiya va kosmetologiya bugungi kunda har bir davlatda rivojlanib bormoqda, bizning mamlkatimizda ham bu soha jadal rivojlanib bormoqda.

Respublikamizda bugungi kunga kelib 1000 dan ortiq dermatovenerologlar aholiga turli yo‘nalishdagi ambulator va statsionar xizmatni faol ko‘rsatib kelmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiy markazida ham bu borada juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Markaz faoliyati davomida ko‘plab yutuqlarga yerishdi, yosh olimlarning tajriba maydoniga ham aylandi.

Dermatovenerologiya sohasi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina va Ozarbayjondagi institut va markazlari bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. Bu esa markazning keng imkoniyatlarini yana bir bor ko‘rsatadi. Markazda xalqaro xamkorlikda yetakchi ilmiy professional assotsiatsiyalardan Rossiya, AQSH, Belarus, Kozog‘iston, Ozarbayjon markazlari va xalqaro tashkilotlar INTERNATIONAL SOCIETY OF DERMATOLOGY, VOZ, USAID, UNDP, bilan birga ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda . 

Xalqaro anjumanda dermatologiya va kosmetologiyada qilingan ishlar, yangiliklar muhokamasi, mahorat darslari o‘tkaziladi. Ikki kun davom etadigan anjuman doirasida: 
•    - “Dermatozlarni patogenezi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy yo‘nalishlari”
•    “Kosmetologiya: dolzarb vazifalarning amaliy yechimlari”
•    “Dermatozlar – nazariya va amaliyot”
•    “Bugungi kunda lazerli texnologiyalar”
•    “Bolalar dermatovenerologiyasi: eski muammolarga yangicha nuqtai nazar”
•    “Dermatozlarni diagnostikasi, davolash va oldini olishning ustuvor yo‘nalishlari”  kabi mavzularda ma’ruzalar va mahorat darslari bo‘lib o‘tadi. Har bir mavzuni A.M.Lukyanov (Minsk, Belarus), Diehl Christian Guy (Fransiya),  U.Yu.Sabirov (Toshkent, O‘zbekiston),  Nellie Konnikov (Boston, AQSH), Jacek C. Szepietowski (Vroslav, Polsha) kabi   o‘z sohasining etakchi mutaxassislari yoritib beradi.

“Ishonamanki, bunday anjumanlar Respublikamiz dermotovenerologlari va kosmetologlari uyushmalarini jipslashishi uchun o‘ziga hos kotolizator bo‘ladi. Unda amalga oshirilgan ishlarga baho beriladi, eng muhim muammolar ko‘rib chiqiladi va ularni hal qilish yo‘llari izlanadi, keyingi rivojlanish bosqichlari belgilanadi. Sermazmun munozaralar davomida qiziqarli g‘oyalar va tashabbuslar ishlab chiqiladi, anjuman esa ko‘p tomonlama samarali hamkorlik mehanizmi sifatida qaror topishiga umid qilaman” – deydi  Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ulug‘bek Yusupxonovich Sobirov. 

Avval xabar berganimizdek, Xalqaro konfrensiyada  268 ming AQSH dollariga keltirilgan va ushbu sohada foydalaniladigan yangi texnologiyalarni qanday tartibda ishlatish mutaxassislar tomonidan ko‘rsatib beriladi. 

Ma’lumot uchun
Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, Toshkent 100102.
Telefonlar: +99893 0010085, +99890 9352025, +99894 6374043.

Facebook: https://www.facebook.com/dermatology.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/dermatology.uz/
Sayt: dermotology.uz

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing