Dunyodagi eng mazali taomlar reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston bu reytingda bormi? 

Olam

image

Dunyodagi eng mazali milliy taomlarga ega mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Unda Gretsiya oshxonasi dunyodagi eng mazali taomlarga ega oshxona sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston esa ushbu ro‘yxatdan joy ololmadi. Bu haqda “World Population Review” nashri xabar berdi.

Reytingga ko‘ra, Gretsiyadan keyingi o‘rinlarni Italiya va Meksika egallab, kuchli uchlikni yakunlagan. Shuningdek, TOP-10 ro‘yxatidan Turkiya, Ispaniya, Portugaliya, Indoneziya, Fransiya, Yaponiya va Xitoy ham joy olgan. Qayd etilishicha, eng yaxshi o‘ntalik 2024 yildan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolgan.

O‘zbekiston ushbu reytingga kirolmagan bo‘lsa ham Qozog‘iston taomlari 92-o‘rinni egallagan. Armaniston milliy taomlari esa qozoq ovqatlaridan keyin 93-pog‘onani band etgan. Qirg‘iziston ham mazkur reytingga kiritilmagan.

Manbaga ko‘ra, eng kam mazali taomlarga ega mamlakatlar sifatida Nikaragua, Laos va Boliviya ko‘rsatilgan. Ushbu davlatlar 99 mamlakatdan iborat reytingning so‘nggi uch pog‘onasidan joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Gretsiya O'zbekiston milliy taomlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing