Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

Olam

image

2019 yilda Yer yuzidagi eng keksa odam sifatida tan olingan yaponiyalik Kane Tanaka 120 yoshida vafot etdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kane Tanaka 1903 yil 2 yanvarda rus-yapon urushi boshlanishidan oldin olti farzandi bor Kumakichi va Kuma Ota oilasida tug‘ilgan. Eri va to‘ng‘ich o‘g‘li Ikkinchi jahon urushi paytida vafot etgan. Tanaka butun umri davomida urushdan oldin ochilgan guruch pishiruvchi do‘konda ishlagan. 1970 yillarda nafaqaga chiqqanidan keyin u bir necha bor AQSHga sayohat qilgan.

2005 yildan boshlab Tanaka Fukuokadagi qariyalar uyida yashagan. 103 yoshida ayol saraton o‘simtasini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan omon chiqqan. Shundan so‘ng boshqa jiddiy kasalliklar uni bezovta qilmagan.

Bu keksa ayolning turmush tarziga kelsak, uning erta uyg‘onish odati borligi aytiladi. Shuningdek, ayol estafeta va boshqa stol o‘yinlarini yaxshi ko‘rgan, qolaversa, hech qachon shirinlik iste’mol qilmagan. Sayyoradagi eng keksa ayol o‘zining uzoq umr ko‘rish siri sog‘lom uyqu va taqvo ekanligini ta’kidlagan. 

2022 yilning 2 yanvar kuni Tanaka o‘zining 119 yoshini nishonlagan. U virusga qarshi cheklovlar tufayli qarindoshlari bilan juda kam uchrashgan. NHK telekanali xabariga ko‘ra, ayol 120 yil yashashni xohlashini aytgan.

Ma’lumot uchun, dunyodagi eng keksa odam Saturnino De la Fuente Garsiya 19 yanvar kuni Ispaniyada vafot etdi. U 1909 yil 11 fevralda tug‘ilgan. Garsiya 112 yil-u 341 kun yashagan.

Mutlaq uzoq umr ko‘rish rekordi 1997 yil avgust oyida 122 yosh-u 164 kunligida vafot etgan fransuz ayoli Jan Kalmentga tegishli. Ammo tadqiqotchilar uning yoshiga shubha bilan qaraydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1112

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing