Dunyodagi eng keksa aktyor olamdan o‘tdi 

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Amerikalik aktyor, prodyuser va rejissyor Norman Lloyd 106 yoshida vafot etdi. Lloydning do‘sti uning Los-Anjelesdagi uyida hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlagan.  

Lloyd faoliyatini davom ettirayotgan dunyodagi eng keksa aktyor bo‘lgan. 

U 60 dan ortiq filmlarda va televizion ko‘rsatuvlarda qatnashgan. 

Uning taniqli rollaridan biri Alfred Xichkokning “Diversant” (1942 yil) filmidagi yovuz ayg‘oqchi roli bo‘lgan. 

Norman Brodvey aktrisasi Peggi Kreyven bilan turmush qurgan. Ularning nikohi 75 yil davom etgan. Kreyven 2011 yil 98 yoshida vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Lloyd joriy yilda dunyodagi eng keksa aktyorga aylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Norman Lloyd

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar