Dunyodagi eng katta elektr samolyoti parvoz amalga oshiradi

Texnologiya

image

Dunyodagi eng katta elektr samolyoti birinchi marta uchishga tayyorlanmoqda. Parvoz joriy yilning 28 may kuni AQSHning Vashington shahrida amalga oshirilishi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Cessna Caravan nomli samolyotga o‘rnatilgan elektr motor bilan 20-30 minut parvoz qilish mumkin. Samolyot to‘qqiz yo‘lovchini tashishga qodirligiga qaramay, sinov parvozini bitta uchuvchi amalga oshiradi. Samolyot tezligi 183 km soatga yetishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, samolyotlar uchun dvigatellar ishlab chiqaruvchi MagniX ushbu samolyotlarni 2021 yil oxirida 160 kilometrgacha bo‘lgan masofada foydalanishga topshirmoqchi.

Qat’iy tartibga solinadigan aviatsiya sanoatida xavfsizlik sinovlaridan o‘tish ham uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Biroq, MagniX, mavjud samolyotlarni oddiy motorlarini elektr motorlarga almashtirish orqali ushbu jarayonni tezlashtirishga umid qilmoqda. Cessna Caravan ham shunday usulda elektr samolyotga “aylantirilgan“.

 

Maqola muallifi

Teglar

Elektr samolyoti

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar