Dunyodagi eng qadrsiz valyuta aytildi 

Olam

image

Rossiya pul birligi rubl “Big Mac index” (xarid qobiliyati paritetini aniqlashning norasmiy usuli) ga ko‘ra, dunyodagi eng qadrsiz valyutaga aylandi. Bu haqda “The Economist” jurnalida ma’lumot berilgan.  

Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, hozir AQSHda McDonald's burgerlarining narxi 5,81 dollar (taxminan 444 rubl), Rossiyada esa ular 135 rubl yoki 1,77 dollar. Shunday qilib, Rossiya valyutasining adolatli kursi bir dollar uchun 23,24 rublni tashkil qilishi kerak va hozirda rubl 70 foizga kam baholanmoqda. 

Rubl reytingda taqdim etilgan valyutalar ro‘yxatida oxirgi o‘rinni egallagan. 2021 yilning yanvar va iyul oylari reytingida u oxirgidan bitta oldingi o‘rinda, Livan funti esa oxirgi o‘rinda edi. 

Bu safar oxirgidan oldingi o‘rinni 67,9 foizga kam baholangan turk lirasi egallagan. Shu bilan birga, yevro 14,7 foizga, Britaniya funti 17,1 foizga past baholangan. 

“Big Mac index” 1986 yildan beri hisoblanadi va yiliga ikki marta nashr etiladi. Ko‘rsatkich uzoq muddatda valyuta kursi turli mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar savati narxini tenglashtirishi kerak, deb taxmin qiladigan valyutaning xarid qobiliyati pariteti nazariyasiga asoslanadi. 

Ko‘rsatkich sifatida dunyoning aksariyat mamlakatlaridagi McDonald's restoranlarida sotiladigan burgerning narxi olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

rubl' dollar

Baholaganlar

1235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing