Dunyodagi havosi eng yomon 100 ta shahar nomi ma’lum qilindi. Toshkent nechinchi o‘rinda? 

Bu qiziq

image

Dunyodagi havosi eng yomon 100 ta shahar nomi ma’lum qilindi. Ular orasida Toshkent 7 o‘rinda qayd etildi. Bu haqda World Air Quality saytida ma’lum qilindi.

Statistikaga ko‘ra, Pekin (XXR), Bag‘dod (Iroq) va Bishkek (Qirg‘iziston) 2022 yilda havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyoning TOP 100 shaharlari ro‘yxatidan dastlabki uch o‘rinni egallagan. 

Shuningdek, havosi eng ifloslangan shaharlar ro‘yxatiga, Dehli, Mumbay, Kalkutta (Hindiston), Lahor va Karachi (Pokiston), Moskva va Arxangelsk (Rossiya), Toshkent (O‘zbekiston), Ostona (Qozog‘iston), Doha (Qatar), Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni), Quddus va Tel-Aviv (Isroil), Sofiya (Bolgariya), Nyu-York, Portlend, Detroyt (AQSH), Krakov (Polsha), Bryussel (Belgiya), Vena (Avstriya), Toronto (Kanada), Budapesht ( Vengriya), Tokio (Yaponiya), Istanbul (Turkiya) va boshqalar kirgan.

Qayd etilishicha, havoning ifloslanishi har yili yetti million kishining hayotiga zomin bo‘ladi. U ko‘plab kasalliklarni – astma, saraton, o‘pka va yurak xastaliklarini keltirib chiqaradi hamda kuchayishiga sabab bo‘ladi. Iqtisodiyotga har kunlik xarajat esa sakkiz milliard dollarni tashkil qiladi.

2019 yilda dunyo bo‘yicha havoda zararli moddalar mavjudligi (ichki va tashqarisida) o‘lim holatlarining taxminan 12 foiziga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing