Dunyoda yangi “sovuq urush” boshlanmoqda — Rossiya Mudofaa vazirligi
Olam
−
03 iyun 2021
29540Dunyoda yangi “sovuq urush” boshlanmoqda va ayni vaqtda raqiblarni aniqlab olish jarayoni ketmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirining o‘rinbosari Aleksandr Fomin fikr bildirdi.
Uning aytishicha, bugungi kunda dunyoda xavfsizlikka jiddiy tahdid soluvchi bir nechta tendensiyalar mavjud.
“Birinchidan, bugun biz yangi dunyo tartibotining shakllanishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Davlatlarning yangi “sovuq urush”ga tortilayotganini ko‘rib turibmiz, mamlakatlarni “o‘zimiznikilar” va “begonalar”ga ajratish boshlangan”, deydi Fomin.
Uning aytishicha, mavjud xalqaro munosabatlar tizimi va xavfsizlik arxitekturasi muntazam ravishda buzilmoqda hamda xalqaro tashkilotlarning roli pasaymoqda.
“Xalqaro huquq o‘rniga hech qayerda yozilmagan va faqat qoidalarni o‘ylab topganlarning manfaatlariga mos keladigan tizim ishlamoqda”, deya qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.
Fomin, shuningdek butun dunyoda qurollanishning yangi yo‘nalishi to‘g‘risida fikr bildirgan.
“Shu bilan birga, kuchlar muvozanatini tubdan o‘zgartiradigan qurollarning yangi turlari paydo bo‘lmoqda. Qurolli qarama-qarshiliklar yangi maydonlarga — kosmik va kiberhududga kirib bormoqda. Bularning barchasi urush tamoyillari va usullarining o‘zgarishiga olib keladi”, deya ta’kidladi vazir o‘rinbosari.
Unga ko‘ra, ushbu mavzularning barchasi 22-24 iyun kunlari Rossiya poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha IX Moskva konferensiyasida muhokama qilinadi.
LiveBarchasi