Dunyoda yangi pandemiya yuzaga kelishi mumkin

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1999 yilda Malayziyada aniqlangan Nipah (NiV) virusi orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan pandemiya xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar bermoqda.

Nipax daryosi bo‘yida yashovchi cho‘chqa boquvchi dehqonlar orasida Nipax virusi aniqlangan va u daryo nomini olgan. Yovvoyi tabiatda uning tashuvchilari – Janubiy Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yangi Gvineya va Avstraliyada keng tarqalgan qo‘lqanotlilar turkumiga kiruvchi mevaxo‘r uchar tulkilardir. Bundan tashqari, virus Afrikadagi uchar tulkilarda ham aniqlangan. Shunisi e’tiborga loyiqki, hayvonlarning o‘zi u bilan kasal bo‘lmaydi.

Aniqlanishicha, infeksiyani odamlar kasal cho‘chqalar orqali, shuningdek, tanasida virus mavjud qo‘lqanotlilar tekkan mevalar (birinchi navbatda, xurmo, yangi xurmo va xurmo sharbati)ni iste’mol qilish oqibatida yuqtirgan.

JSST virusning oldini olish uchun xurmo va boshqa yangi oziq-ovqat mahsulotlarini mevaxo‘r qo‘lqanotlilardan saqlashni tavsiya qilgan. Yangi yig‘ilgan xurmo sharbatini qaynatish, mevalarni iste’moldan oldin yaxshilab tozalash kerak.

Virusning odamdan odamga yuqish xavfini kamaytirish nuqtai nazaridan JSST NiV bilan kasallangan odamlar bilan aloqa qilishni cheklash, qo‘llarni muntazam yuvish va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni tavsiya qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

786

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing