Dunyoda yadroviy qurollar ko‘paymoqda – SIPRI

Olam

image

Stokgolm tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) dunyoda yadroviy arsenallarning ko‘payganini ma’lum qildi. SIPRI’ning qurol-yarog‘, qurolsizlanish va xalqaro xafvsizlikning hozirgi holati to‘g‘risidagi yangi hisobotida aytilishicha, qudratli davlatlar 2020 yilda yadroviy kallaklar sonini ko‘paytirgan.

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kungacha operativ kuchlar tomonidan joylashtirilgan yadroviy kallaklar soni 3825 taga yetgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 3720 tani tashkil qilgan”, deyiladi xabarda.

SIPRI tadqiqotchilariga ko‘ra, 2021 yilning boshida yadroviy davlatlar ixtiyoridagi yadroviy kallaklarning umumiy sonining kamayishi kuzatilgan. Shunga qaramay, yuqori tayyorgarlikka ega bo‘lgan ikki mingga yaqin jangovar kallaklarning deyarli barchasi Rossiya yoki AQSHga tegishli.

“To‘qqizta yadroviy davlat – AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Isroil va KXDR 2021 yil boshida taxminan 13080 yadro quroliga egalik qilishdi. Bu ko‘rsatkich 2020 yildagi13 400 dan kam”, deya xabar bermoqda institut. 

Tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, har ikkala davlat ham o‘zlarining yadro qurollarini qisqartirayotganlariga qaramay, har birida yil boshida o‘tgan yilgiga qaraganda 50 dan ortiq jangovar kallaklar bor edi.

SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va AQSH dunyodagi yadroviy arsenalning 90 foizdan ortig‘iga egalik qiladi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing