Dunyoda vabo tarqalishi xavfi juda yuqori – JSST
Salomatlik
−
12 fevral 2023 15015 1 daqiqa
O‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalaridan beri global vabo bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi, fevral oyining boshlarida kamida 18 mamlakatda o‘lim darajasi oshdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda vaboning o‘rtacha darajasi 1,9 foiz (Afrikada, 2,9 foiz) bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 10 yildan ortiq vaqt ichida eng yuqorisi ekanr aytilmoqda.
Ushbu tendensiya 2022 va 2023 yillardagi raqamlarda davom etishi kutilmoqda, kelgusi oylarda umumiy vabo bilan kasallanish ko‘payishi mumkin.
“Mavjud vaziyatni, jumladan, epidemiyalar sonining ko‘payishi va ularning geografik kengayishi, shuningdek, vaksinalar va boshqa resurslarning yetishmasligini hisobga olgan holda, JSST global darajadagi xavfni juda yuqori deb baholaydi”, deyiladi hujjatda.
Ma’lumot uchun, vabo o‘tkir diareya infeksiyasi bo‘lib, kasallikning o‘tkir variantlari potensial o‘limga olib keladigan suvsizlanish bilan tavsiflanadi. Kasallik qisqa inkubatsiya davri 12 soatdan besh kungacha bo‘lgan Vibrio cholerae bakteriyasi bilan ifloslangan oziq-ovqat yoki suvni iste’mol qilish oqibatida yuzaga keladi.
So‘nggi ikki asr davomida yetti xil vabo pandemiyasi qayd etilgan. 1990 yillarning oxirida dunyoda vabo bilan kasallanish sezilarli darajada kamaydi, ammo Afrika va Osiyoda hali ham keng tarqalgan.
Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 2,9 million kishi vabo bilan kasallanadi va 95 ming kishi vafot etadi.
Live
Barchasi