Dunyoda so‘nggi 10 yil da birinchi marta sildan o‘lim holatlari ko‘paydi

Salomatlik

image

So‘nggi 10 yil ichida birinchi marta sil kasalligi tufayli o‘lim holatlari ko‘paydi. Pamdemiya kasalikka qarshi kurashda erishilgan yutuqlarga jiddiy zarar yetkazdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida keltirilgan. 

“COVID-19 pandemiyasi silga qarshi kurashda erishilgan ko‘p yillik yutuqlarga jiddiy zarar berdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2021 yilgi silga qarshi global hisobotiga ko‘ra, o‘n yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta sil kasalligidan o‘lim holatlari ko‘paygan”, deyiladi JSST xabarida

Hisobotga ko‘ra, 2020 yilda 1,5 millionga yaqin odam sil kasalligidan vafot etgan. Ulardan 214 ming nafari OIV (Inson immunitet tanqisligi viruslari) bilan kasallangan. O‘lim holati dunyoning 30 mamlakatda juda ko‘p kuzatilgan.

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda 4,1 millionga yaqin odam sil kasalligi bilan kurashmoqda. Bu ko‘rsatkich 2019 yildagiga nisbatan 2,9 milliontaga ko‘p.

Tashkilotning ma’lum qilishicha, sil kasalligini davolash va profilaktik xizmat ko‘rsatishga sarflanadigan global xarajatlar 5,8 milliard dollardan 5,3 milliard dollarga kamaygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing