Dunyoda maymun chechagiga chalinganlar 1000 nafarga yaqinlashdi

Olam

image

29 mamlakatda 900 dan ortiq odam maymun chechagi virusi bilan kasallangan, shu jumladan AQSHda 24 ta holat aniqlangan. Bu haqda Amerika tibbiy regulyatori CDC ma’lum qildi.

Rasmiy ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, dunyo bo‘ylab kasallikning tarqalishini ko‘rsatadigan interaktiv xaritaga ko‘ra, bugungacha jami 909 ta maymun chechagi bilan kasallanish holati qayd etilgan.

Infeksiyalar soni bo‘yicha yetakchi Buyuk Britaniya bo‘lib, u yerda 225 kishi kasallangan. Ispaniya esa 186 ta holat bilan ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rinda Portugaliya – 143 ta holat.

AQSH Kanada, Germaniya, Fransiya va Niderlandiyani ortda qoldirib, 24 ta holat bilan sakkizinchi o‘rinda turibdi. Shuningdek, ro‘yxatdan Italiya va Belgiya ham joy olgan.

Ma’lumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing