Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 9 milliondan oshdi
Olam
−
22 iyun 2020
4353Dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 9 milliondan oshib ketdi. Worldometers statistika portali ma’lumotlari shunday ko‘rsatmoqda.
Unga ko‘ra, bugun, 22 iyun holatiga dunyoda koronavirus qayd etilganlar 9 046 080 taga yetdi. COVID-19 dan vafot etganlar esa 470 mingdan oshdi. Undan sog‘ayganlar 5 millionga yaqinlashdi.
Hozirda 3 737 032 kishida koronavirus faol holatda. Ularning 3 682 298 (98 foiz) nafarining ahvoli yaxshi, 54 568 (2 foizi) nafari esa og‘ir ahvolda.
Koronavirusga chalinish bo‘yicha AQSH birinchi o‘rinda boryapti. Amerikada 2 182 950 kishida koronavirus aniqlangan. Uning ortidan Braziliya (1 086 990), Rossiya (584 680), Hindiston (426 910), Buyuk Britaniya (304 331), Ispaniya (293 352), Peru (254 936), Chili (242 355), Italiya (238 499) va Eron (204 952) boryapti.
Bugungacha ushbu infeksiyaga chalingan bemorlarning 470 703 nafari vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha AQSH (122 247 nafar qurbon), Braziliya (50 659), Buyuk Britaniya (42 632), Italiya (34 634), Fransiya (29 640), Ispaniya (28 323), Meksika (21 825), Hindiston (13 703), Belgiya (9 696) va Eron (9 623) yetakchilik qilyapti.
Jami bemorlarning 4 838 345 nafari sog‘aygan. Bemorlarning sog‘ayishi bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga AQSH (980 355 nafar bemor sog‘aygan), Braziliya (579 226), Rossiya (339 711), Hindiston (237 252), Chili (200 569), Italiya (182 893), Germaniya (174 900), Eron (163 591), Turkiya (160 240) va Peru (141 967) kirgan.
AQSHning Jons Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar 8 929 394 nafarni tashkil qilyapti.
Kecha, 21 iyunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rekord darajada kunlik o‘sishni qayd etdi. Dunyo bo‘ylab bir sutkada 183 020 ta yangi kasallanish holati aniqlandi, 4743 kishi vafot etdi. Bundan avvalgi rekord 20 may kuni o‘rnatilgandi. O‘shanda bir kunda 106 ming kishida kasallik aniqlangan.
Avvalroq, JSST koronavirus pandemiyasi tarqalishi yangi xavfliroq bosqichga kirgani haqida ogohlantirgandi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusga chalingan soni 16 iyun kuni 8 millionlik "dovon"dan o‘tgandi. Oradan 6 kun o‘tib kasallanganlar yana million nafarga ko‘paydi.
LiveBarchasi