Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar soni 3 milliondan oshdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Butun dunyoda COVID-19 virusini yuqtirish oqibatida vafot etganlarning umumiy soni 3 milliondan oshdi. Bu haqda davlatlarning rasmiy bayonotlariga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga kelib dunyoda yangi infeksiya tufayli kelib chiqqan kasallik 3 001 723 kishini hayotdan olib ketgan. COVID-19 hammasi bo‘lib 139 milliondan ortiq odamga yuqqan.

Koronavirusdan ilk o‘lim holati 2020 yilning 11 yanvarida qayd etilgan bo‘lsa, 28 sentyabrga kelib ushbu ko‘rsatkich 1 millionga, oradan to‘rt oy vaqt o‘tar-o‘tmas 2 millionga yetdi. 

Shu bilan birga, yangi infeksiyaning o‘lim darajasi pasaymoqda: agar olti oy oldin o‘lim darajasi 3 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda u taxminan 2,1 foizga teng.

Geografiya

Taxminan, har beshinchi o‘limning biri Amerika Qo‘shma Shtatlari hisobiga to‘g‘ri keladi. U yerda koronavirusga chalingan 31,5 million aholidan 565 mingdan ortig‘i vafot etgan. 

Ikkinchi o‘rinda Braziliya (14,2 million kishi yuqtirgan, 365 mingdan ortiq kishi vafot etgan), uchinchi o‘rinda Meksika (2,3 million bemorning 211 ming nafari vafot etgan) bormoqda.

Aholi sonini hisobga olganda, o‘lim holati bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar Yevropa mamlakatlarida: Chexiyada har 100 ming aholiga 264, Vengriyada 257, Chernogoriyada 225 o‘lim to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing