Dunyoda eng ko‘p oylik oladigan aktyor to‘rtinchi marta “o‘ldi”

Olam

image

Internetda yana bir bor dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan aktyor, sobiq kurashchi Skala laqabli Dvayn Jonson "ko‘mildi". 

Aytilishicha, Bi-bi-si teleradiokompaniyasi nomidan 47 yoshli Jonsonning piketdan so‘ng vafoti haqida xabar berilgan. Ko‘pchilik ushbu xabarlarni ishonch bilan qabul qildi va dahshatga tushdi.

"Ey Xudo... Men bunga ishonmayman! Dvayn Jonsonga tinchlik ber!”, deb yozadi muxlislari izohlarda.

Aslida, aktyor tirik va sog‘lom. U xabarlarni rad etmadi. Buning o‘rniga u shunchaki Instagram’ga bir nechta yangi fotosuratlarni joylashtirdi va yangi "Qora odam" filmining premerasi kunini e’lon qildi.

Jonson “o‘lim”lariga ko‘nikib qolgan. "Tez va g‘azablangan", "Jumanji", "Tish peri" seriallarining yulduzi kamida to‘rtinchi marta internetda "o‘ldirildi". 2011 va 2014 yillarda u kabi soxta xabar qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing