Dunyoda Apple’ning faol qurilmalari soni qanchaligi ma’lum bo‘ldi

Texnologiya

image

Dunyoda Apple qurilmalarining faol o‘rnatilgan bazasi hozirda 1,65 mlrdga yetdi. Bu haqda kompaniya rahbari Tim Kuk “Reuters” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Kukning ta’kidlashicha, o‘tgan yili kompaniyada 1,5 milliard faol qurilma bo‘lgan. Shuningdek, u ayni paytda faol iPhone smartfonlari soni 1 milliarddan oshganini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Kuk Xitoyda iPhone sotilishining o‘sishiga e’tibor qaratgan, umumiy savdo hajmi 57 foizga o‘sib, 21,31 milliard dollarni tashkil etgan.

1976 yilda tashkil etilgan Apple kompaniyasi iPhone, iPad, iMac, MacBook, iPod va boshqa yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqaradi. Korporatsiya dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning bozor kapitallashuvi qariyb 2,4 trln dollarni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing