Dunyo rus sportiga qizil kartochka ko‘rsatmoqchi

Sport

image

AQSH va yana 34 davlat Ukrainadagi urush tufayli Rossiya sportiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni taklif qildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti saytida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Rossiya sportiga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish AQSH va yana 34 ta davlat vazirlari bilan kelishilgan. Amerikadan tashqari, Avstraliya, Kanada, Avstriya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Niderlandiya, Ispaniya, Norvegiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar ham rus sportiga nisbatan sanksiyalarni qattiqlashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Ushbu kelishuv yuzasidan xalqaro sport federatsiyalarining musobaqalarida Rossiya va Belarus sportchilarining ishtirokini cheklash taklif qilingan. Shuningdek, bu qaror Rossiya va Belarus bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan shaxslar va federatsiyalar faoliyatiga ham tegishlidir. 

Federatsiyalar rossiyalik va belaruslik sportchilarga musobaqalarda qatnashishga ruxsat bergan taqdirda, davlat ramzlaridan foydalanmaslik va barcha ommaviy bayonotlarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tarafdori bo‘lmaslik talab etiladi.

AQSH Davlat departamentining bunday keskin chorasiga Rossiyaning Amerikadagi elchixonasi ham munosabat bildirib, ushbu qaror xalqaro Olimpiya qoidalariga zid ekanini ta’kidlagan.

"Kollektiv G‘arbning harakatlari rossiyalik sportchilarni boshqa mamlakatlardagi raqiblari bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyatidan mahrum qilishga qaratilgan adolatsizlikning yana bir namunasidir. Biz sport siyosatdan chetda qolishi kerakligini ta’kidlaymiz. Undan bosim o‘tkazish va hisob-kitob qilish vositasi sifatida foydalanish, Olimpiya harakatining asosiy tamoyillarini bevosita buzadi. Bu sog‘lom raqobat ruhiga ziddir", deyiladi elchixona bayonotida.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing