Dunyo xazinaboni. Rotshildlar oilasi sirlari (1-qism)

Bu qiziq

image

“Katta boylikka erishish uchun katta jasorat va katta g‘amxo‘rlik kerak”.
 Rotshildlar oilasining asoschisi Mayer Rotshild

Dunyoda ko‘z ilg‘amaydigan haqiqatlar juda ko‘p. Ular dunyoning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Jahonda shunday oilalar borki, ular o‘z pullari bilan mamlakatlarni nazorat qilib turadi. Bu oilalar ularga qarshi chiqqan davlatlarni parchalab, dunyo xalqlarini boshqarishdek qudratga ega. Ular o‘zlarini g‘oyat maxfiy tutib, ish yuritadi. Asosiy qismi sionistlardan tashkil topgan bu oilalar haqida ko‘proq ma’lumotlarni bilganingiz sari dunyo siyosatiga qarashlaringiz o‘zgaradi. 

XIX asrdan keyingi dunyoni mislsiz darajada o‘zgartirib yuborgan, Jahon urushlarini keltirib chiqargan, AQSHda suiqasd orqali, Prezidentni o‘zgartirgan Rotshildlar oilasi haqida eshitgan bo‘lishingiz aniq.

Rotshildlar sulolasining tarixi

XVIII asrning oxiri G‘arbiy Yevropada ulkan o‘zgarishlar boshlangan davri edi. Bu davrda, Fransiyada inqilob natijasida monarxiya ag‘darildi, sanoat ishlab chiqarish asta-sekin vujudga keldi, ketma-ket yirik urushlar bo‘lib o‘tdi, aristokratlarning siyosiy ta’siri oshdi. Mana shunday davrda Rotshildlar oilasi o‘zining moliyaviy kuchi poydevorini qo‘ydi.

1744 yil 23 fevral, tun. Germaniyaning Frankfurt shahridagi yahudiy zargar oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Uning otasi Amshel Mozes Rotshild o‘z o‘g‘liga Mayer deb ism qo‘ydi. Aynan, shu bolakay Rotshildlar oilasining ilk kapitalini to‘playdi va Rotshildlarning kelajakdagi qudratiga asos soladi.

Yosh Rotshild uch yoshidan ibroniy tilda o‘qish va yozishni o‘rgana boshladi. Mozes Rotshild o‘z o‘g‘lini maktabga o‘qish uchun Furth shahriga yuboradi. O‘sha davrlarda yahudiylarning hayoti havas qiladigan darajada emas, ular getta (yahudiylar uchun maxsus ajratilgan joy)da hayot kechirishar edi. Bir yahudiy shahardan tashqariga chiqmoqchi bo‘lsa, hokimlikdan ruxsat so‘rashi kerak bo‘lgan.

Yosh Rotshild Gannover shahrida bank sohasida ta’lim oladi. Mayer o‘qish davomida moliyaviy ishlarning sirini, foydali valyuta kurslarini aniqlashni o‘rgandi. O‘qishdan so‘ng, u Frankfurtga qaytib turli davlat tangalari, medallarini ayirboshlovchi xususiy do‘kon ochadi. Bu biznes unga yaxshigina foyda keltira boshladi. Keyinchalik, u boy yahudiy oilasidan bo‘lgan qizga uylanadi. Birin-ketin oilada besh o‘g‘il dunyoga keldi.

Mayer Rotshild hayotida katta o‘zgarish yuz berdi. Germaniya knyazligi hukmdori Vilgelm IX Mayerni saroy bankiri lavozimiga tayinladi. Mayerning vazifasi knyazning pullarini ko‘paytirish edi. Biroq, shu vaqtda Napoleon tarqoq Germaniya knyazliklari ustiga qo‘shin tortdi. Vilgelm IX boyligining bir qismini Mayer Rotshildga berib, yashirib qo‘yishni aytadi, uning o‘zi esa Daniyaga qochadi. Mayer bu pullarini yashiradi. O‘zining bor boyliklarni Napoleonga qarshi kurashayotgan mamlakatlarga katta foiz evaziga qarz beradi. Buning ortidan u katta foyda ko‘radi va o‘zining xususiy bankini ochadi. Bank urush vaqtida ko‘plab mayda knyazliklarga qarz beradi.

Mayer Rotshild besh o‘g‘liga bank sirlarini o‘rgatadi va o‘z biznesini kengroq yoyish maqsadida besh o‘g‘lini Yevropa mamlakatlarining poytaxtlariga yubordi. U har bir o‘g‘lining hislatlarini va kamchiliklarini inobatga olgan holda, ularga pul beradi. 

Mayerning katta o‘g‘li Amshel Rotshild aqlli va ancha xotirjam edi. Shuning uchun Amshel otasining o‘ng qo‘li bo‘lib, u Frankfurtdagi oilaviy bankni boshqargan. Mayerning boshqa o‘g‘illari Sulaymon Avstriya imperiyasida, Natan Buyuk Britaniyada, Kalman Italiyada, Djeyms esa Fransiyada katta boylik to‘pladi.

XIX asrda Rotshildlar

XIX asrda Rotshildlar oilasining yuksalishi aynan shu besh o‘g‘il bilan bog‘liq bo‘ldi. Mayer Rotshild o‘limidan oldin o‘z farzandlariga vafotidan keyin oilaviy biznesni qanday tashkil qilish haqida yo‘l-yo‘riq qoldirdi. Unga ko‘ra, o‘rtadagi boylik teng taqsimlanib, aka-ukalarning har biri to‘laqonli sherik sifatida ish yuritishi zarur edi.

XIX asr boshlariga kelib, Mayer Rotshildning boyligi 1 million talerdan oshdi. Albatta, bu boylikni to‘planishida besh o‘g‘ilning hissasi katta edi.

Rotshildlar Fransiyada

Otasi tomonidan Fransiyaga yuborilgan Jeyms Rotshild o‘z biznesini boshladi. Napoleon taxtdan to‘ntarilgach, u Parijda “Rothschild Frères” bankini tashkil qildi. Jeyms Rotshild Fransiyadagi temir yo‘l qurilishi va tog‘-kon korxonalarini moliyalashtirdi. 

1870 yilda bo‘lib o‘tgan Fransiya-Prussiya urushida Fransiya sharmandalarcha mag‘lubiyatga uchradi. Germaniya talab qilgan 5 milliard dollarlik kompensatsiyani to‘lashni Fransiyadagi Rotshildlar oilasi o‘z bo‘yniga oldi. Buning evaziga ular bor-yo‘g‘i Fransiya Markaziy banki boshqaruvini so‘raydi. Hukumat esa bunga rozi bo‘ladi. Shu tariqa, Rotshildlar Fransiyaga mustahkam o‘rnashib oladi. 

Natan Rotshild

1804 yilda Fransiyada Napoleon hokimiyatni o‘z qo‘liga olgach, Yevropa urush girdobiga tortildi. Bu vaqtda, Mayer Rotshildning o‘g‘li Natan Rotshild Londonda o‘z bankini ochib, oltin savdosi bilan shug‘ullanar edi. Rotshildlar oilasi urush vaqtida Napoleonni ham, unga qarshi mamlakatlarni ham moliyaviy tomondan qo‘llab turishdi. Ular Angliyaga 35 tonna oltin miqdorida qarz berdi. Ammo, Buyuk Britaniya urushdan keyin qarzlarini qaytara olmadi. Qarzning evaziga Rotshildlar Angliya Markaziy bankini va ingliz sterlingi (Angliya pul birligi)ni bosib chiqarish huquqini olishdi. Qirollik 80 yil deganda Markaziy bankini qaytarib oldi.

Rotshildlar Amerikaga qanday borib qolgan?

1812 yilda AQSH-Angliya o‘rtasida urush boshlandi. Amerika tarixida bu to‘qnashuv “ikkinchi mustaqillik urushi”, deb nom olgan. Urush vaqtida Qo‘shma Shtatlarga yordam zarur edi. Sababi, AQSH hali harbiy jihatdan qirollik armiyasiga tenglasha olmasdi. Shu fursatda, Rotshildlar oilasi yashirincha Amerikaga moliyaviy yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu yordam evaziga Rotshildlar AQSH pul birligi bo‘lgan dollarni bosib chiqarish huquqini so‘rashdi. Chorasiz qolgan AQSHning to‘rtinchi Prezidenti Jeyms Medison bunga rozi bo‘ladi. Angliya urushda mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, Amerika dollarini bosib chiqarish huquqi Rotshild oilasiga o‘tdi. Oradan 200 yildan oshiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, hamon dollarni bosib chiqarish huquqi Rotshildlar oilasiga tegishli.

Rotshildlar gerbi

Rotshildlar gerbida Mayer Rotshildning besh o‘g‘lini ramziy ma’noda aks ettiruvchi beshta o‘q tasvirlangan. Nima uchun oila gerbida o‘q tasvirlangan, degan savol tug‘lish, tabiiy. Muqaddas Zabur kitobining 126-sanosida “O‘qlar kuchli odam qo‘lida bo‘lgani kabi, yosh o‘g‘illar ham”, deb yozilgan. Shu sababli, gerbdagi o‘q besh o‘g‘ilga qiyoslangan. Gerbning tagida oilaning quyidagi shiori yozilgan: “Concordia, Integritas, Industria” (ma’nosi rozilik, halollik, mehnatsevarlik).

Oilaning qonun-qoidalari

Rotshildlar oilasining o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Bu qoidalarni sulolaning asoschisi Mayer Rotshild o‘z farzandlariga vasiyat qilib qoldirgan. Mana shu vasiyat 200 yildan beri oilaning o‘zgarmas qoidasi bo‘lib keladi. Xususan, unga ko‘ra, barcha muhim lavozimlarni faqat oila a’zolari egallashi kerak. Avlodning ayol vakilalaridan birortasi kapitalni boshqarishga haqli emas. Bunday huquq faqat erkaklarga berilgan. Oilada faqat amakivachchalardan qiz olib, kuyovni ham qarindoshlar orasidan tanlashga ruxsat berilgan. Bu sulolaga boshqa qonning qo‘shilishi qat’iyan ma’n qilingan. Bu oilada boylikni saqlab qolishga xizmat qilgan.

Rotshild oilaviy bank biznesi Yevropaning sanoatlashuvi davrida xalqaro yirik moliyaviy operatsiyalarning asoschisi bo‘ldi. Rotshildlar Fransiya, Belgiya va Avstriyada temir yo‘l qurilishini moliyalashtirdi. Keyinchalik, oila Suvayish kanalining qazilishiga homiylik qildi. Faqatgina, Rotshild banki bir necha soat ichida Suvaysh kanalidagi aksiyalarni sotib olish uchun o‘n millionlab naqd pul bera oldi.

Rotshildlar sarmoya kiritgan asosiy faoliyat turlari: 

•    1824 yilda tashkil etilgan “Alliance Assurance” sug‘urta kompaniyasi;
•    1845 yilda Parijda tashkil etilgan “Chemin de Fer du Nord” temir yo‘l kompaniyasi;
•    “Rio Tinto Group” – Avstraliya-Britaniya konserni, dunyodagi uchinchi yirik kon-metallurgiya kompaniyasi.

Ajoyib muvaffaqiyatdan so‘ng, Rotshild nomi boylik bilan sinonimga aylandi. Oila juda katta boylik orttirgan edi. Hatto, XIX asrning oxiriga kelib, Rotshildlar boylik borasida Buyuk Britaniyadan o‘zib ketdi. O‘sha vaqtda oilaning 41 ta saroyi bo‘lgan. 1909 yilda Britaniya Bosh vaziri bo‘lgan Devid Lloyd Jorj, Natan Mayer Rotshild II ni “Britaniyadagi eng qudratli odam”, deb ta’riflagan edi.

Juda katta boylikni o‘z qo‘lida to‘plagan yahudiy oila endilikda mustaqil Isroil davlatini tuzishni rejalashtirdi. Buning uchun hatto, ular Birinchi va Ikkinchi jahon urushini ajoyib tarzda uyushtirdi.

QALAMPIR.UZ Rotshildlar oilasining sirlarini yoritishda davom etadi. Keyingi maqolamizda, yahudiy oilaning Birinchi va Ikkinchi jahon urushini qanday uyishtirgani hamda Rotshildlar tomonidan o‘ldirilgan AQSH Prezidenti haqida ma’lumot beramiz.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2168

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing