Dunyo bo‘ylab bolalar fanga kam ma’lum bo‘lgan virusni ommaviy tarzda yuqtira boshladi
Olam
−
19 Sentabr 2021
11938Amerika Qo‘shma Shtatlari, Shveysariya, Yaponiya va Buyuk Britaniyada shifokorlar fanga kam ma’lum bo‘lgan respiratorno-sinsitialniy virusi (RSV)ning bolalar orasida ommaviy yuqish holatlarini aniqladi. Bu haqda BBC yozmoqda.
Nyu-York shifoxonalarining birida bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limi boshlig‘i Rabia Aganing so‘zlariga ko‘ra, bolalarning ushbu yangi virusga chalinish holatlari avvalroq, ya’ni joriy yilning aprel oyida boshlangan. Biroq, ushbu holat COVID-19 pandemiyasi fonida qolib ketgan. Aynan karantin cheklovlari tufayli bolalarda virusga qarshi immunitet shakllanmagan.
Qayd etilishicha, chaqqaloqlar va bolalar orasida RSV bilan kasallanishning keskin o‘sishi koronavirusga qarshi choralar zaiflashganidan keyin sodir bo‘lgan. Ushbu virus nafas olish tizimida muammolar keltirib chiqaradi.
Joriy yilning avgust oyida Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi boshlig‘i Mixail Murashko bolalar yangi koronavirus infeksiyasi bilan ko‘p kassallayotganini aytib, koronavirus yangi versiyasi yanada agressiv va tez tarqalayotganini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi