Dunyo avtomobilsiz harakatlanish kunini qanday nishonlamoqda? (fotoreportaj)

Bu qiziq

image

Har yili 22 sentyabr kuni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida "Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish kuni" aksiyasi o‘tkaziladi. Bu xalqaro darajadagi ramziy aksiya bo‘lib, uning maqsadi avtomobildan chiqadigan gazning tabiat va odamlar uchun xavfini eslatib qo‘yishdir

Birinchi avtoulovsiz kun 1973 yilda Shveysariyada o‘tkazilgan, o‘shanda mamlakat rasmiylari yoqilg‘i inqirozi sababli, fuqarolarni mashinalardan to‘rt kunlik voz kechishga chaqirgan.

Birinchi umummilliy aksiya esa, 1997 yilda Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan. 1998 yilda Fransiya unga qo‘shilgan.

London

2000 yilda Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish tarmog‘i birinchi "Xalqaro avtoulovsiz harakatlanish kuni"ni o‘tkazgan.

Hozirda dunyoning bir qator shaharlarida qulay jamoat transportlari, piyodalar yo‘laklari, velosiped infratuzilmasini rivojlantirishga e’tibor qaratilyapti. Avtoulovlardan kundalik foydalanishni kamaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, dunyoning ko‘plab megapolislari velosiped namoyishlarini o‘tkazmoqdalar. Birinchi bunday tadbir 1992 yilda San-Fransisko (AQSH) velosipedchilari tomonidan tashkil etilgan. Unda atigi 48 kishi qatnashgandi. Lekin, bunday tadbirlar o‘tkaziladigan joylar va unda qatnashadiganlar soni tezlik bilan o‘sib bordi. Hozir eng ko‘p ishtirokchilar London, Sidney, Melburn, San-Fransisko va Budapesht shaharlaridan qatnashadilar. 

Jakarta

Ularning shiori bitta: “Biz harakatga aralashmaymiz, biz o‘zimiz harakatlanamiz”. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili dunyoning 1500 ta shaharidan 100 milliondan ortiq odam "Butunjahon avtomobilsiz harakatlanish kuni" aksiyasida ishtirok etadi.

Moskva

O‘zbekiston


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing